Навоий вилоят Ахборот-ресурс марказида Буюк аллома Алишер Навоий таваллудининг 577 йиллигига бағишлаб ўтказилган “Навоийни ёд этиб…” кўрик танлови ўтказилди

2018 йил 6 февраль куни буюк аллома  Алишер Навоий таваллудининг  577 йиллигига бағишлаб  Навоий вилоят  Ахборот ресурс марказида    “Навоийни ёд этиб…”  кўрик-танловининг вилоят босқичи бўлиб ўтди.

Танловни ўтказишдан мақсад вилоят, туман, шаҳар АРМ ходимлари ўртасида улуғ шоир ва мутафаккир Алишер Навоийнинг бой адабий меросини тарғиб этишни кенг йўлга қўйиш , Навоий асарларининг мазмун моҳиятини, бадиий хусусиятини ва тарбиявий  аҳамиятини ўқувчилар ҳамда  фойдаланувчилари  онгига қай даражада етказиб  бераётганлиги ҳамда улуғ шоир таваллуд  топган куннинг 577 йиллигини юксак савияда нишонлашни ташкил этишдан иборат бўлди.

Кўрик танловда вилоят Ахборот ресурс маркази ходими ва 9 нафар туман Ахборот ресурс марказлари ходимларидан   қатнашишди.

Иштирокчилар  3 та шарт бўйича беллашдилар.

1 шарт.Ўзини таништириш: Бу шартда 5 дақиқа вақт ажратилди.

2 шарт. Алишер Навоий ғазалларидан ёддан ифодали айтиш.

3 шарт. Алишер Навоий асарларидан  саҳна кўриниши

Ушбу кўрик-танлов буюк мутафаккир шоир Мир Алишер Навоий ҳаёти ва ижодини ўрганиб, кенг китобхонлар оммасига етказишда муҳим восита бўлиб хизмат қилди.

Кўрик танловда Навоий вилояти Ахборот-ресурс маркази ходими Ашурова Хуршида 1- ўринни, Навбаҳор тумани Ахборот-ресурс маркази ходими Олтинова Моҳидил 2-ўрин ва Кармана туман Ахборот-ресурс маркази ходими Қудратова Дилбар 3-ўринни эгаллашдилар ва диплом ҳамда эсталик совғалари билан тақдирландилар.

Кўрик-танловда 178 нафар китобхонлар  Навоий қолдирган бебаҳо маънавий меросдан баҳраманд бўлишди.

O`zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil topganining 26 yilligi va 14 yanvar Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan “Biz- kichik askarlar!” nomli bellashuv bo’lib o’tdi

2018 yil 12 yanvar kuni  «Yurtingni, elingni qo’riqla har on, Senga ishonamiz, mard, jasur o‘g‘lon» shiori ostida “Biz-kichik askarlar!” nomli bellashuv bo`lib o`tdi. O’zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasini jonli ijro etish bilan boshlandi.

Maktabning   6-7-sinf  o`quvchilari o`rtasida  bellashuv o`tkazildi. Bellashuvda  3 guruh “Lochin”, “Sardor” ,“Parvoz”  guruhlari qatnashishdi.  Bellashuv savol-javob asosida o`tkazildi.  Musiqiy tanaffuslar, o`quvchilar tomonidan aytilgan she’r, qo`shiqlar ko`tarinki kayfiyat bag`ishladi.

Mardlik va jasorat haqida o’quvchilar o’rtasida bahs-munozara uyushtirildi.

11- maktab Yoshlar ittifoqi yetakchisi Absalomov A. so`zga chiqib, eng buyuk jasorat — bu ma’naviy jasorat ekanligi , O’quvchilarga milliy armiyamiz hamda uning nufuzi, harbiy bilim yurtlari, yoshlarga berilayotgan imtiyozlar haqida ma’lumotlar berish hamda sarhadlarimiz tinchligi va daxlsizligini ta’minlayotgan harbiylarimizga hurmat tuyg’usini yuksaltirish, ularda keyingi yillarda erishilgan yutuqlarimiz haqida tushuncha berib o`tdi.

O`quvchilarga harbiy vatanparvarlik mavzusidagi videofilm qo`yib berildi. Tadbir  Vatan  va tinchlik  haqidagi qo`shiqlar bilan yakunlandi.

Tadbirda 35 nafar faol o`quvchilar, o`qituvchilar qatnashishdi.

Karmana tuman Axborot-resurs markazida qishki ta’til kunlarida o`quvchilar bilan o`tkazildi

2018 yil 4-10-yanvar kunlari qishki ta’til davrida o`quvchilar bilan reja bo`yicha tadbirlar o`tkazildi.Bosh kutubxonachi Qudratova D. o`quvchilarni kutib olib, kutubxonadagi bolalar adabiyotlari bilan tanishtirdi, ularning qisqacha mazmunini haqida gapirib yangi adabiyotlar haqida ma’lumot berdi, kitoblarni o`qishga qiziqish uyg`otdi.

Yetakchi kutubxonachi Bo`tayeva H. tomonidan “Kim ko`p she’r biladi?” nomli baxru-bayt o`tkazildi. 3-5-sinf o`quvchilari faol qatnashishdi. Kitobxonlar  o`zlarining yangi yil, tabiat, do`stlik, mustaqil O`zbekiston, ona Vatan haqidagi yod olgan she’rlarini aytishdi.Faol kitobxonlardan  Qahramonova Nurhayot     baxru-baytda g`oliblikni qo`lga kiritdi va esdalik sovg`alari bilan taqdirlandi.

O`quvchilarning badiiy adabiyotga bo`lgan qiziqishlarini oshirish maqsadida  audio ertaklar qo`yib eshittirildi. “Archa”, “Ahil farzandlar”, “Bo`ri va Tulki”, “Bir dehqonning o`g`li”, “Kichik pahlavon”, “Dangasa bola”,”Ikki echki” nomli audio ertaklarni kitobxonlar qiziqish bilan tinglashdi, ertakning salbiy va ijobiy qahramonlari haqida fikr yurutishdi. ARM xodimi Nazarova N. tomonidan kitobxonlarga ertaklarning elektron varianti tarqatildi.

“Shonli o`tmishdan buyuk kelajak sari” shiori ostida “O`zbekistonning yetti mo`jizasi”, “Mening badiiy qahramonim”nomli rasmlar tanlovi o`tkazildi. “Yosh rassomlar” to`garagi a’zolari va  iqtidorli o`quvchilar bilan o`tkazilgan tanlovda   O`zbekistonning boy tarixi ,ajdodlarimiz qoldirgan betakror meros, mustaqillik yillarida amalga oshirilgan  bunyodkorlik ishlari tasvirlandi. To`garak rahbari Qurbonova M. g`olib bo`lgan o`quvchilar Zokirova L.,Tursunqulova D.ni taqdirladi.

O`quvchilar qo`l mehnatlaridan foydalanib esdaliklar tayyorlandi. Bolalar rangli qog`ozdan turli  o`yinchoqlar, buyumlar, ertak qahramonlari yasashdi, o`quvchilar rangli qog`oz, qaychi, ip, igna,biser munchoqlari, yelimdan foydalanishdi. Yaroqsiz holga kelgan 20 dona kitoblar ham ta’mirlandi. ARM xodimi Ro`ziyeva L. mashg`ulotlarni olib bordi.10 nafar o`quvchilar qatnashishdi.

Ertaklar va she’rlar mutolaasi bo`lib o`tdi.Faol kitobxonlar tomonidan ertaklar, hikoya va she’rlar ifodali o`qildi, qisqacha mazmuni aytib berildi.”Ertaklar yaxshilikka yetaklar” mavzusida bolalar bilan “Qizil qalpoqcha”, “Bo’g’irsoq”, “Tulki va turna”, “Zumrad va Qimmat” ertaklari sahnalashtirildi.Ertak qahramonlari obrazlariga kirib, rollarni mahoratli ijro etgan o`quvchilar taqdirlanishdi, ularning kitoblar o`qishiga bo`lgan qiziqishi ortdi. 12nafar o`quvchilar qatnashishdi.