2018- yil 19-oktyabr kuni Karmana tuman Axborot resurs markazida “ O`z qadrini bilgan, til qadrini biladi” nomli tadbir bo`lib o`tdi. Mana bugun biz ona tilimiz – o`zbek tiliga “Davlat tili maqomi” berilgan sanaga 28 yil to`lgani munosabati bilan yig`ilib turibmiz. Ma`lumki, jamiyat a`zolari orasidagi aloqaning eng muhim turlaridan biri so`zlashish, bir-biri bilan fikr almashishdir. Agar kishilar o`zaro fikr almasha olmasalar, jamiyat bo`lib yashay olmaydilar. Jamiyat a`zolarining o`zaro so`zlashishlarini ta`minlovchi vosita bu-tildir.Mustaqilligimiz tufayli o’z Qomusimizga, madhiyamizga, bayrog’imizga ega bo’lindi.O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 1-bob 4-moddasida “O’zbekiston Respublikasining Davlat tili o’zbek tilidir” deb belgilab qo’yilgan.
Davra suhbatini ochib berish so`z 11-umumiy o`rta ta’lim maktab ona tili va adabiyot fani o`qituvchisi Mirzayeva Yu. ga berildi .
11-umumiy o`rta ta’lim maktab ona tili va adabiyot fani o`qituvchisi No`monova F. o`z fikrini bildirib shunday dedi:“ Hazrat Navoiy tilning mazmuniga, ifodasiga alohida e’tibor bergan. Zero, har bir til o’z millati uchun aziz. Shu jumladan, o’zbek tili ham o’zbek xalqi ruhiyatini, g’ururini kimligini anglatish imkonini beruvchi jozibali, serqirra va boy tildir”.
Til haqidagi xalq maqollari va hikmatli so’zlarni 8-B sinf o’quvchilari aytishdi va ularga izoh berib o`tishdi.
O’quvchilar tomonidan “O’zbekiston” raqsi va “Vatanim” qo’shig’I ijro etildi.Tadbirni yakunlash uchun so`z MMIBDO` M.Ro`zimurodovaga berildi. 54 nafar kitobxonlar ishtirok etishdi.

