Atoqli davlat arbobi Sharof Rashidov tavalludining 100 yilligiga bag`ishlangan Asil Rashidovning “Akam haqida” nomli xotira-risolasi taqdimotining Ma`lumoti

Karmana tuman Axborot-resurs markazida 2018 yil  5 noyabr kuni   atoqli davlat arbobi Sharof Rashidov tavalludining 100 yilligiga bag`ishlangan Asil Rashidovning “Akam haqida” nomli xotira-risolasi taqdimoti bo`lib o`tdi. Taqdimot  3 parametr asosida olib borildi.

1.Sharof Rashidovning hayoti va ijodi haqida qisqacha ma’lumot.

  1. Sharof Rashidovni xotirlab.
  2. Sharof Rashidov asarlaridan  namunalar.

11-umumiy o`rta ta’lim maktab  ona tili va adabiyot fani o`qituvchisi:                        Axmedova G. kitob taqdimotini ochib berib, tushuncha berib o`tdi: “Yigirmanchi asrda Sharof Rashidov nomi o`zbek xalqining ramzi bo’lib yangradi.Jahon uni atoqli  adib, yirik davlat  va jamoat arbobi sifatida tan olgan edi”.

O’quvchilar tomonidan Sharof Rashidovning hayoti va ijodi haqida ma`lumot berildi.Asar yuzasidan 6-“A” va 6-“B” sinf o’quvchilari qisqa-qisqa satrlar o`qib berishdi.

Kitobxonlar adibning «G’oliblar»,  «Bo‘rondan kuchli»,  «Qudratli to‘lqin” romanlarida   urushdan   keyingi   O’zbekiston   xalqini, tiklanish yillaridagi mehnat jasoratlari badiiy ifodasini topganligini aytib o`tishdi. Ijodkorning  «Kashimir qo‘shigi», «Komde va Mudan” kabi    lirik  qissalari    an’anaviy    Sharq    dostonchiligi uslubida bitilgan bo‘lib, yoshlik, bahor, go‘zal hayot nashidasi madhiga bag‘ishlangan.

Kitobxonlar adib haqidagi tushunchalari, fikr mulohazalarini yanada mustahkamladilar.

O’quvchilar tomonidan Sharof Rashidovning hayoti va ijodi yoritildi.

Faol kitobxonlar adibning she`rlaridan namunalar ijro etishdi.

O`quvchilar xotira-risolaga har tomonlama yondashdilar. Tahlil qildilar, to`laqonli  ochib berishga harakat qildilar.

O`quvchilar bilan kutubxonachi tomonidan savollar orqali fikr- mulohaza almashdilar.

Tadbirda 25 nafar faol kitobxonlar qatnashishdi.

 

Bayonlashtirdi:

11-umumiy o`rta ta’lim maktab

ona tili va adabiyot fani o`qituvchisi:                          Axmedova G.

ARM metodisti:                                                                      Nazarova N.

ARM yetakchi kutubxonachi:                                         Bo’tayeva H.

 

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *