Karmana tuman Axborot-resurs markazida O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 26 yilligiga bagi`shlab o`tkazilgan ”Konstitutsiya-adolat manbai va mezonidir” nomli tadbiri o’tkazildi

”Konstitutsiya-adolat  manbai va mezonidir”  nomli tadbir  bo`lib o`tdi.Tadbirni 11-umumiy o`rta ta’lim maktab O`IBDO` M.Ro`zimurodova 2018 yil 7-dekabr   kuni  11-umumiy  o`rta ta`lim maktab bilan   hamkorlikda   kirish so`zi bilan ochib berdi . U o`z so`zida  O`zbekiston Respublikasi  Konstitutsiyasining  xalqimiz hayotida tutgan o`rni  va uning naqadar kuchli qonunchilik   asoslariga ega ,puxta ishlangan  qonunlar majmuasi ekani  haqida so`z yuritdi.

ARM xodimi Qudratova D. tomonidan  mamlakatimiz  iqtisodiy , siyosiy va ijtimoiy taraqqiyoti uchun xizmat qilayotgan  bosh Qomusimizning qadr-qimmati  hamda unda belgilab  quyilgan inson huquqlari  va burchlari haqida ma’ruza qildi.

Maktab o`quvchilari tomonidan tayyorlangan  chiqishlar , she’rlar,  vatanni tarannum etuvchi  kuy-qo`shiqlar ko`pchilikka manzur bo`ldi .O`quvchilar O`zbekiston   Respublikasi  Konstitutsiyadan moddalar aytishdi va 6 ta bo`lim bo`yicha ma’lumotlar berildi. O`quvchilarni  tabriklash  uchun ARM yetakchi kutubxonachisi Bo`tayeva H.so`zga  chiqib,  bolalarga  va o`qituvchilariga  tashakkurnoma   e`lon   qildi. Tadbirda 45 nafar o`qituvchi va o`quvchilar qatnashishdi.

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *