2019-yil 22-28-fevral kunlari Karmana tuman maktab kutubxonalarida Xalq ta`limi vazirligining 2013-yil 31 yanvardagi 35-sonli buyrug`iga asosan Xalq ta`limi tizimidagi umumta`lim maktablarida “Kitobxonlar bayrami”doirasida o`tkaziladigan tadbirlar yuzasidan targ`ibot-tashviqot ishlari olib borildi. O`quvchilarga milliy va jahon adabiyotlari ,ilmiy-ommabop qo`llanmalarni tizimli targ`ib qilish orqali ularning qalbida vatanparvarlik singari yuksak insoniy fazilatlarga nisbatan mehr-muhabbat uyg`otish hamda axborot-olish madaniyatini shakllantirish maqsadida o`tkazilgan tadbirda Karmana tuman Axborot-resurs markazi xodimlari tomonidan slayd asosida ma`ruza o`qildi, tushuntirish ishlari olib borildi.”Kitobxonlar bayrami”doirasiga kiradigan 7 ta tadbirlarning har biri haqida ma`lumot berildi. “Yoshlar kutubxonasi” tomonidan taqdim etilgan 36 nomdagi adabiyotlarning taqdimoti (slayd asosida) ham bo`lib o`tdi.