Karmana tuman Xalq ta`limi tizimidagi umumta`lim maktablarida “Kitobxonlar bayrami” doirasida o`tkaziladigan tadbirlarning targ`ibot — tashviqot ishlari

2019-yil 22-28-fevral kunlari Karmana   tuman   maktab kutubxonalarida  Xalq ta`limi  vazirligining   2013-yil  31 yanvardagi 35-sonli    buyrug`iga  asosan Xalq ta`limi  tizimidagi umumta`lim maktablarida  “Kitobxonlar   bayrami”doirasida o`tkaziladigan tadbirlar  yuzasidan targ`ibot-tashviqot ishlari olib borildi. O`quvchilarga  milliy  va jahon adabiyotlari ,ilmiy-ommabop qo`llanmalarni  tizimli targ`ib  qilish  orqali ularning  qalbida  vatanparvarlik   singari yuksak  insoniy  fazilatlarga  nisbatan mehr-muhabbat uyg`otish hamda axborot-olish  madaniyatini  shakllantirish maqsadida o`tkazilgan tadbirda  Karmana tuman  Axborot-resurs markazi  xodimlari  tomonidan  slayd  asosida  ma`ruza o`qildi, tushuntirish ishlari olib borildi.”Kitobxonlar  bayrami”doirasiga kiradigan  7 ta  tadbirlarning  har biri  haqida ma`lumot berildi. “Yoshlar kutubxonasi” tomonidan taqdim  etilgan  36 nomdagi adabiyotlarning  taqdimoti  (slayd  asosida) ham bo`lib o`tdi.

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *