2019-yil 5-aprel kuni Karmana tuman Axborot-resurs markazida O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 5 ta muhim tashabbusining to`rtinchi tashabbusi yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish, ular o`rtasida kitobxonlikni keng targ`ib qilish bo`yicha tizimli ishlarni tashkil etish, O’zbekiston Respublikasi xalq ta’limi vazirligining 2013-yil 31- yanvardagi “Xalq ta’limi tizimida “Kitobxonlar bayrami” tadbirini o`tkazish to`g`risida”gi 35-sonli buyrug`i, Respublika bolalar kutubxonasining 2019-yil 28- martdagi 03/01-064-sonli xatiga asosan ARM fondini badiiy, ilmiy ommabob uslubiy adabiyotlar bilan to`ldirish maqsadida “Kitobxonlar bayrami” doirasida o`tkazilayotgan “Maktab – kutubxona- oila-jamoat tashkilotlari” nomli xayriya marafoni tashkil etildi.
Ushbu xayrli tadbir “Siz o`qigan dargohda endi kitoblar yashaydi” shiori ostida tashkil etilib, bunda “Yoshlik”, “Navro`z” mahalla fuqarolari, ta’lim muassasasida tahsil olib ketgan sobiq o`quvchilar hamda 11-umumiy o`rta ta`lim maktab jamoasi ishtirok etishdi.
Xayriya marafoniga 40 dona 650 000 (olti yuz ellik ming) so`mlik badiiy adabiyotlar homiylar tomonidan sovg`a qilindi.
