2019- yil 5- may kuni “9-may -Xotira va qadrlash kuni”ga bag`ishlab 2-jahon urushi qatnashchisi Zaripov Baraka bobo bilan uchrashuv bo`lib o`tdi. 11-umumiy o`rta ta’lim maktab kutubxonachisi va Karmana tuman ARM xodimlari faol kitobxonlar bilan 2-jahon urushi qatnashchisi Baraka Zaripovning xonadoniga borildi. Tabarruk 100 yoshni qarshilagan otaxon urush davri va urushdan keyingi qiyinchiliklar haqida o`quvchilarga hikoya qilib berdi. Urushga ketish men tengilar uchun faxr hisiblanardi.Bu o`z-o`zidan bo`lib qolmagan. Ham ruhan, ham jismonan maxsus tayyorgarlik jarayonlarini o`taganmiz deb, aytib o`tdi. Uchrashuvda kutubxonachi Achilova M. tinchlik ne’matining naqadar ulug`ligi, Vatanga fidoyi xizmat qilishning naqadar oliy saodat ekanligi qalblarda faxr uyg`otmoqda, deb aytib o`tdi, urush yillarida haqida ma’lumotlar keltirdi. Uchrashuvda Navoiy viloyat xokimi Q.Tursunov, davlat va jamoat tashkilotlari, mahalla fuqarolar yig`inlari, yosh avlod vakillari ishtirok etishdi. Baraka Zaripov bugungi dorilomon kunlarning shukronasi sifatida a’lo baholarga o`qib, jamiyatga kerakli, xushxulq insonlar bo`lib yetishishni uqtirdi. O`quvchilar o`z o`rnida o`quvchilar ham otaxonga she’rlar , qo`shiqlar ijro etib berishdi. Uchrashuvda 45 nafar fuqarolar, faol o`quvchilar qatnashishdi.
Bayonlashtirdi: Karmana tuman ARM xodimlari: Negmatova X. Qudratova D. Maktab kutubxonachisi: Achilova M. 